image

My.gov.uz portalida ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi!

02.05.2023

2023-yilning 1-mayidan boshlab my.gov.uz da “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati  yoqildi.

Endilikda arizalar koʻrib chiqish jarayonlarida quyidagilar oʻzgardi:

subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorlari chiqarildi;

- subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan koʻrib chiqish tartibi bekor qilindi;

bunda mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;

subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar toifasiga kiritildi:

 yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

- olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

- Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

2023-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Yangi olgan uyingizga bizni ham mehmonga chaqirishni unutmang!

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024