image

Yuridik texnikumlarga onlayn hujjat qabuli boshlandi!

02.08.2023

Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Yuridik texnikumiga o‘qishga kirish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va so‘rovnomani to‘ldiring.

Talabgorlar respublikamizning 14 ta hududida tashkil etilgan yuridik texnikumlarga hujjat topshirib, ta’limning kunduzgi yoki sirtqi shaklini tanlashlari mumkin.

O‘qish muddati – 2 yil.

 Yo‘nalishlar:

 - Sud-huquqiy faoliyat

- Yuridik xizmat

- Davlat-huquqiy faoliyat

 Yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish imtihonlari Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

 Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar
20-avgust kuniga qadar (20-avgust kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

 

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024